Ertaga Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi o'tish bosqichi uchrashuvlari o'tkaziladi.
Eronning "Zobahan" klubi o'z maydonida "Quvayt SK" bilan bellashadi. Ertaga Isfahonda shiddatli bahs bo'lib o'tishi kutilyapti. Uchrashuv bizning vaqt bilan 20:30da boshlanadi.
"Zobahan" 2010 yilgi OChL finalchisi "Zobahan" bu mavsum sakkizinchi bor nufuzli musobaqada ishtirok etadi. O'tgan yil bu jamoa o'z chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. "Zobahan" finalda o'ynaganidan beri eng yaxshi natijasini 2016 yil qayd etib, guruhdan chiqishni uddalay olgandi. O'tgan yil ham bu jamoa guruhdan chiqa olgan.
Jamoaning OChLdagi ishtiroki: 2004 - guruh bosqichi 2010 - finalchi 2011 - chorak final 2012 - saralash bosqichi 2016 - 1/8 final 2017 - guruh bosqichi 2018 - 1/8 final
"Quvayt SK" Quvaytning eng nomdor klublaridan biri. Avvalgi bosqichda Iordaniyaning "Al Vihdat" klubini musobaqadan chiqarib yubordi. Bu klub OChLda oltinchi marta ishtirok etyapti. Lekin "Quvayt SK" shu paytgacha guruhdan chiqa olmagan.
Jamoaning OChLdagi ishtiroki: 2002/03 - saralash bosqichi 2005 - guruh bosqichi 2007 - guruh bosqichi 2008 - guruh bosqichi 2014 - pley-off